Isroil Elchisi bilan uchrashuv
2022-yilning 3-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Isroil Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ziavet Ben Hillel bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Isroil munosabatlarining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro masalalarning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdilar.