Isroil Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Isroil Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zehavit Ben Hillelni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalar, shuningdek, innovatsiya, tibbiyot, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak muloqotlar jadvali, tashkiliy va mazmunli jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston va Isroil Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini  tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий