Iordaniya Elchisi bilan uchrashuv
2025-yil 6-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Iordaniyaning mamlakatimizdagi Elchisi Demie Zuxr Muhammad Xaddad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, xususan, siyosiy va savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o’zaro fikr almashildi.