Insonparvarlik yuklarni topshirish marosimi toʻgʻrisida

 

2022-yil 22-dekabr kuni Afgʻonistonning Hayraton shahrida birodar Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yuklarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Umumiy ogʻirligi 170 tonnadan ziyod boʻlgan insonparvarlik yordami – un, guruch, bugʻdoy, oʻsimlik yogʻi, konserva mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzaldan iborat.

Marosimda soʻzga chiqqan Balx viloyati gubernatori Mullo Muhammad Dovud Muzammil Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Afgʻoniston uchun ogʻir va sinovli pallada afgʻon xalqini qoʻllab-quvvatlagani va birdamligi uchun chuqur hamda samimiy minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston rahbari koʻpmillatli Afgʻoniston xalqiga birodarlik munosabati namunasini butun dunyoga yana bir bor namoyon etgani hamda bu tashabbus butun jahon hamjamiyati uchun yaqqol oʻrnak boʻlishini alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Afgʻonistonga nafaqat insonparvarlik yordam koʻrsatish, balki Surxondaryo viloyati va Afgʻonistonning Balx provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ham qayd etdi.

Tomonlar Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyati va Balx provinsiyasi rahbarlari darajasidagi chegara masalalari boʻyicha Qoʻshma ishchi guruhi ishini yaqin kunlarda Termiz shahrida navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish bilan davom ettirishga kelishib oldilar. Bu nafaqat chegaraoldi hududlaridagi savdoni rivojlantirish, balki ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga ham xizmat qilishi taʼkidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий