Indoneziya turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri bilan uchrashuv

 

2024-yil 3-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Haydarov Indoneziya Respublikasi Turizm va kreativ iqtisodiyot vaziri Sandiaga Salohiddin Uno bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Salohiddin Uno Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha Butunjahon konferensiyasini Toshkentda tashkil etish va o‘tkazish darajasini yuqori baholadi. U mazkur forum texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni o‘rganish, barqaror kelajakni shakllantirishda ijodiy industriyalarning rolini o‘rganishda platformaga aylanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston-Indoneziya munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, halol sanoat va kreativ iqtisodiyot sohasida tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Indoneziya vaziri joriy yilning sentyabr oyida Samarqand shahrida “Sukarno bog‘i”ning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash yo‘lida katta qadam bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Muzokaralarda, ayniqsa, turizm sohasida sayyohlik almashinuvini yanada oshirish zarurligi ham ta’kidlanib, tegishli qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий