Indoneziya Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Indoneziya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunario Kartadinata bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga doir takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, xususan, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.