IHT bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Xiva – 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbirida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning IHT bilan hamkorligiga doir dolzarb mavzular, dunyo bo‘ylab kuzatilayotgan chaqiriqlar, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, ma’rifiy Islomni targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.