IHT Bosh kotibi bilan suhbat to‘g‘risida

 2022-yil 23-may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Tehron shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan uchrashdi.

H.Noziriy taʼkidlaganidek, Oʻzbekiston IHTning juda muhim a’zo-davlati boʻlib, respublikaning tashkilotni yanada rivojlantirishdagi muhim oʻrni va ulkan hissasini munosib eʼtirof etadi.

Mamlakatimizning IHTga amaldagi raisligi va O‘zbekiston Prezidentining tashkilotning 2021-yil noyabrida Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida ilgari surilgan tashabbuslari hayotga tatbiq etilishiga yuksak baho berildi.

Uchrashuvda 2022-yilda IHT doirasida qishloq xoʻjaligi, turizm, transport-logistika, energetika va ekologiya sohalarida tadbirlarni tayyorlash va oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий