Hindiston va Qatar elchilari bilan uchrashuvlar to‘g‘risida

 2023-yil 19-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston Respublikasi va Qatar Davlatining Favqulodda va Muxtor Elchilari Manish Prabxat va Hasan Hamza Hoshim bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi siyosat, iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va ta’lim sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Turli darajadagi bo‘lajak muloqotlar jadvali, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davralari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий