Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar to‘g‘risida

 

2023-yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjay Verma bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar, siyosiy muloqotni mustahkamlash va parlamentlararo aloqalarni faollashtirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Hindistonning xalqaro institutlar doirasidagi o‘zaro hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий