Hindiston Elchisi Manish Prabxat O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi
2024-yilning 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.
Tashqi ishlar vaziri Elchining o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida strategik sheriklikni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.