Hindiston Elchisi bilan uchrashuv

 

2022-yil 7-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida joriy yil 10 – 13-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasining Hindistonga tashrifi, shuningdek, uning doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Hindiston TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning 15-davrasi yakunlari muhokama qilindi.

Tomonlar tashrif chog‘ida erishilgan kelishuvlarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘z vaqtida hamda to‘liq amalga oshirish zarurligi haqida bir ovozdan fikr bildirdi. Ushbu kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha kelgusida qo‘shma amaliy chora-tadbirlar algoritmi belgilab olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий