Hindiston Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2024-yil 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A'loyev Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

To‘qimachilik sanoati, axborot texnologiyalari, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Muzokaralar kun tartibidan ikki davlatning BMT va uning ixtisoslashgan tuzilmalari, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalari ham o‘rin oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий