Hindiston Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2022-yil 19-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.
Muloqot chogʻida siyosiy, diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari muhokama qilindi.
2022-yilda oʻzaro hamkorlikning faol surʼati natijalari, jumladan, birgalikdagi faoliyatning samaradorligi yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston-Hindiston strategik sherikligini mustahkamlash boʻyicha kelgusida qoʻshma harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Suhbat yakunida avval erishilgan kelishuv va shartnomalarni amalda tatbiq etishga qaratilgan yaqin istiqboldagi rejalar kelishib olindi.