Guanchjouda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
2023-yil 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Guanchjou shahrida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumida ishtirok etdi. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 dan ortiq vakillari hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun ushbu muhim imkoniyatdan unumli foydalandi. Bundan tashqari, tadbir davomida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.