Germaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2024-yil 31-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Manfred Xyuterer bilan uchrashdi.

Muloqotda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabidan Afg‘onistonga turli gumanitar yordamlarni yetkazib berishda foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. .

M.Xyuterer O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyasini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий