Germaniyaning O‘zbekistondagi Elchisi bilan uchrashuv
2023-yilning 26-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.
Muloqotda Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistondagi gumanitar inqirozning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, afg‘on yoshlarini o‘qitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Afg‘oniston masalalari bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvlarni davom ettirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.