Germaniyaning "Bergxof" jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2025-yil 13-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining "Bergxof" jamg‘armasining Afg‘oniston, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘limi rahbari Basir Fedа boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning joriy holatini hartomonlama muhokama qildilar.

Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni qo‘llab-quvvatlashga o‘zaro manfaatdorlik ta’kidlandi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi va Toshkent hamda “Berghof” jamg‘armasi o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishga o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий