Germaniyaning “Bergxof” jamg‘armasi vakillari bilan uchrashuv
2023-yil 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniyaning “Bergxof” jamg‘armasining Afg‘oniston, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha bo‘limi rahbari Basir Feda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, tomonlarning ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi. Ushbu mamlakatga insonparvarlik yordami ko‘rsatish muhimligi qayd etildi.
Jamg‘arma vakillari O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim rolini alohida ta’kidladilar.