Germaniya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida turli darajadagi qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari e‘tibor markazida bo‘ldi.
Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish va ilmiy-ta‘lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ham muhokama qilindi.