Germaniya Elchisi bilan uchrashuv haqida

 2022-yilning 10-iyun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Germaniya Federativ Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, yuqori va oliy darajadagi muntazam siyosiy muloqot va aloqalarni davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Germaniya tomoni O‘zbekiston bilan so‘nggi yillarda o‘zaro manfaatli sohalarda aloqalar faollashganini ijobiy baholadi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Konstruktiv va ishonchli O‘zbekiston-Germaniya muloqotini yanada rivojlantirishga ikki tomon ham  tayyor ekani tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий