Fransiya va Italiya elchilari bilan uchrashuvlar to‘g‘risida
2023-yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Fransiya Respublikasi va Italiya Respublikasi elchilari Aureliya Bushez va Agostino Pinna bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni izchil mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.