Fransiya Qurolli Kuchlari vazirligi Xalqaro aloqalar va strategiya bosh boshqarmasi xizmati rahbari boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv to‘g‘risida
2024-yil 11-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiya Qurolli Kuchlari vazirligining Xalqaro aloqalar va strategiya Bosh boshqarmasining Yevropa, Shimoliy Amerika va ko‘p tomonlama harakatlar xizmati rahbari Aleksandr Eskorsia boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, afg‘on inqirozini hal qilish yo‘llarini izlash yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar chegaralarni mustahkamlash, terrorizm va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga, qurol-yarog‘ kontrabandasiga qarshi kurashish kabi sohalarda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish zarurligiga kelishib oldilar.
A.Eskorsia O‘zbekistonning mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim rolini qayd etdi. Kelgusida ham samarali hamkorlik davom etishiga ishonch bildirdi.