Finlyandiyaning YXHTdagi doimiy vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Finlyandiyaning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YXHT) Doimiy vakili Vesa Hakkinen bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki davlatning YXHT doirasidagi o‘zaro hamkorligi, shuningdek, tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tomonlarning qarashlari yuzasidan fikr almashildi.

TIV rahbari o‘rinbosari Finlyandiya vakillariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

YXHT doirasida “yashil iqtisodiyot” va “yashil energiya”, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani qayd etildi.

Muloqot mobaynida mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий