Farg‘ona viloyatida xorijiy investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda mamlakatimizning xorijadgi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev, viloyatning barcha tuman va shahar hokimlari, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qatnashdilar.

Muloqotda Farg‘ona viloyatida xorijiy investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Elchilar tomonidan viloyatga yirik sarmoyadorlarni jalb etish, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, mahalliy korxonalarni tashqi savdo jarayonlarida qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar uchun yangi bozorlar kashf etish, sanoatga ilg‘or tajriba va texnologiyalar tatbiq etish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий