Falastin Elchisi bilan uchrashuv
2023-yil 3-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Falastin Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Javod Muhammad Avadni qabul qildi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlarning BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi boʻlajak qoʻshma tadbirlar jadvali boʻyicha fikr almashildi.