Falastin Elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2023-yilning 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Falastin Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Javad Muhammad Avad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.