F. Starr bilan uchrashuv

 

2022-yil 26-iyul kuni “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy rivojlanish” mavzusidagi Xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov AQSh Tashqi siyosat kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi va raisi Frederik Starrni qabul qildi.

Amerikalik ekspert O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Afg'oniston bo‘yicha Xalqaro konferensiyaning ahamiyatini yuqori baholadi. 

Toshkent anjumani dolzarb va zarur vaqtda tashkil etilgani, uning e’tibor markazida butun afg‘on xalqi, uning qo‘shnilari va jahon hamjamiyati manfaatlari yo‘lida ushbu davlatda tinchlik, barqarorlikni ta’minlash va uni iqtisodiy tiklash masalalari ekanligi alohida ta’kidlandi.

Konferensiya xalqaro jamoatchilik tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangilangan mintaqaviy tashqi siyosati yutuqlarini e'tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqladi. O‘zbekiston diplomatiyasining faolligi va amaliy sa’y-harakatlari tufayli so‘nggi yillarda mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllandi, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari oshib, barcha darajadagi aloqalar kengaymoqda, Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanayotir.

Uchrashuvda O'zbekiston va AQSh ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tahliliy muassasalari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий