Estoniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 29-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Estoniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yonatan Vseviov bilan uchrashdi.
Afg‘onistondagi joriy vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Afgʻoniston yoʻnalishidagi, ayniqsa, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish masalasida xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Estoniya tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi faol ishtirokini alohida ta’kidladi.
Tomonlar afg‘on masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.