Estoniya Elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Estoniya Respublikasining (qarorgohi Ostona shahrida joylashgan) Favqulodda va Muxtor Elchisi Toomas Tirs bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Estoniya hamkorligini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama kun tartibini kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar munosabatlarni chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha joriy yil oxirigacha TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini oʻtkazish muddatlarini belgilash, shuningdek, 2023-yil boshida Estoniya ishbilarmon doiralarining Oʻzbekistonga missiyasini tashkil etish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.