Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Boqeriy Kaniy bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari hamda Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.
Eron tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishda O‘zbekistonning faol ishtirokini alohida ta’kidladi.
Afg‘onistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etish, shuningdek, ushbu mamlakat tinch taraqqiyotiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma harakatlarni ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.