Eron Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2022-yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Eron tomonining tashabbusi bilan Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turli sohalardagi O‘zbekiston-Eron munosabatlarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni faollashtirish, iqtisodiy hamkorlik, savdo aloqalarini rivojlantirish, hamkorlikda yangi loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak tadbirlar jadvali, kun tartibi va tashkiliy jihatlari, jumladan, ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligini nishonlash doirasidagi dasturlar ko‘rib chiqildi.