Eron Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv

 

2022-yil 24-iyun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Eron Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Hasan Kazemi Kumiyni qabul qildi.

Uchrashuvda Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Oʻzbekiston-Eron hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Afgʻoniston masalasi boʻyicha tomonlarning oʻzaro hamkorligi muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, tomonlar Afgʻonistonni mojarodan keyin qayta tiklash, qardosh afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish va mintaqaviy jarayonlarga jalb qilish masalalari boʻyicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor.

Eron tomoni 2022-yil iyul oyida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishini tasdiqladi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston va Eron tomonidan Afgʻonistonda infratuzilma, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatilla Irgashev ishtirok etdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий