Eron Elchisi bilan uchrashuv
2022-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayrobodiyni qabul qildi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Eron hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Tomonlar Samarqandda boʻlib oʻtgan sammit yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amaliy roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildilar.
Oʻzaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. Tomonlar transport-kommunikatsiya, savdo-iqtisodiy sohalarda konstruktiv hamkorlikni faollashtirishga oʻzaro tayyor ekani taʼkidlandi.
Tomonlar, shuningdek, boʻlajak uchrashuvlar va qoʻshma tadbirlar jadvalini kelishib oldilar.