Eron Elchisi bilan uchrashuv
2022-yilning 25-avgust kuni tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari F.Sidiqov Eronning Oʻzbekistondagi Elchisi H.Nayirobodiy bilan uchrashdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. 2022-yil sentabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan SHHTning navbatdagi sammitida Eron delegatsiyasining oliy darajadagi ishtiroki bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etish uchun amaliy aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.