Diplomatlar Qoraqalpog‘istonda qo‘shma loyihalar va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashadilar

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari Amanbay Orinbayev va Farxod Ermanov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Rahmatulla Nurimbetov, Muzaffar Madrahimov va Bobur Usmanov hamda mamlakatimizning Yevropa, Osiyo-Tinch Okeani va Markaziy Osiyodagi elchixonalari rahbarlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘istonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ijtimoiy sohadagi dasturlar uchun chet eldan grantlar jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Elchilar tomonidan energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ekologiya, ichimlik suvi bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan aniq takliflar bildirildi.

Qoraqalpog‘iston hududida xorijiy investorlar uchun yaratilgan boshqa viloyatlarda mavjud bo‘lmagan imtiyozlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

“Made in Karakalpakstan” ko‘rgazmalari hamda “Rally Muynak” ekstremal avtomobil musobaqalarini o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий