Daniya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

2022-yil 22-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Daniya Qirolligi Tashqi ishlar vaziri Yeppe Sebastyan Kofod bilan muzokaralar olib bordi.

Tomonlar siyosiy muloqotni kuchaytirish uchun o'zaro tashriflar va amaliy tadbirlarni tashkil etish  muhimligini ta'kidladilar. O'zbekiston va Daniya tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida hamkorlik va maslahatlashuvlar to'g'risida protocol imzolash taklif qilindi

V.Norov ta’kidlaganidek, O'zbekiston tomoni Daniya hukumatining O'zbekistonda Faxriy konsullik ochish to'g'risidagi qarorini mamnuniyat bilan qabul qiladi. 

Toshkent va Kopengagen BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi ma’lum qilindi.

Savdo va investitsiya aloqalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar manfaatdor idoralarning o'zaro tashriflarini tashkil etish masalalarini o'rganishga kelishib oldilar.

Daniyaning yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlarida o'zbekistonlik yosh tadqiqotchilar uchun treninglar va amaliyotlarni tashkil etish ta'lim va fan sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga yordam berishi ta'kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий