Chexiya Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuv to‘g‘risida

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Chexiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Chexiya Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Irji Kozak hamda Ichki ishlar vazirligining Boshpana va migratsiya siyosati departamenti direktori Pavla Novotna bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Chexiya munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, turli sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhimligini ta’kidladilar.

Mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2024 yil 10 dekabr kuni Praga shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan biznes-forum yakunlari muhokama qilindi va navbatdagi forumni 2025-yilda tashkil etishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqot va hamkorlikning davom etishi turli sohalardagi O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini 2025-yilda Toshkentda o‘tkazishga kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий