Chexiya Elchisi bilan uchrashuv

 O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Chexiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vatslav Yilek bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalar va yaqin kelajakda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar muhokama qilindi.

Tomonlar 2023-yilning birinchi yarmida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi va Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasning 9-yig‘ilishini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Ikki mamlakat parlamentlarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish, videokonferensaloqa shaklidagi muloqotlarni o’tkazish orqali munosabatlarni kengaytirishga qiziqish bildirildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha turli yo‘nalishlar, jumladan, sport, ommaviy axborot vositalari va mudofaa sohalarida aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий