Chexiya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Chexiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vatslav Yilekni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Chexiya hamkorligini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar jadvali, tashkiliy va mazmuniy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий