Chenduda O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
2024-yil 30-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning Chengdu shahrida O‘zbekiston-Xitoy
biznes-forumida ishtirok etdi.
Forum doirasida «yashil» sanoat obyektlarini ishga tushirish, toza ta'minot zanjirlarini va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, transport va energetika sohalarida barqaror infratuzilma yaratishga alohida e'tibor qaratildi. Forum ishtirokchilari shuningdek, Sichuan viloyati bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini rivojlantirayotgan va bir qator istiqbolli shartnomalar tuzayotgan Navoiy viloyatining salohiyati bilan tanishdilar.