Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mark Kleyton bilan uchrashuv to‘g‘risida

2025-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik departamenti direktor o‘rinbosari Mark Kleyton bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Turli darajadagi ikki tomonlama aloqalarning o‘sib borayotgan dinamikasiga e’tibor qaratilib, hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga o‘zaro qiziqish bildirildi.
Shuningdek, tomonlar xavfsizlik masalalari va Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni muhokama qildilar.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi hamda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan ikki tomonning o‘zaro manfaatdorligini yana bir bor tasdiqladi.


