Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi departament direktori bilan uchrashuv to‘g‘risida

 2022-yil 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha departamenti direktori Martin Xarris bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni, xususan, “O‘zbekistonga iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” dasturi orqali ko‘maklashishda davom etishga tayyorligini ma’lum qildi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda sheriklikni mustahkamlash uchun mavjud salohiyatdan foydalanishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi yana tasdiqlandi.

Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish va transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish yo’nalishidagi hamkorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий