Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2023-yil 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari vaziri Jeyms Xippi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligining bugungi darajasi, mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilindi.
Jeyms Xippi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy pozitsiyasini mustahkamlash, ushbu mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston bilan Afg‘oniston yo‘nalishida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.