BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston va Mintaqaviy markaz o‘rtasidagi munosbatlarning bugungi holati va yaqin istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, ekologik tahdidlarning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, shuningdek, Markaziy Osiyoning transport-tranzit va logistika salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий