BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2024-yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze bilan uchrashdi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va BMT oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning keng koʻlamli masalalari, xususan, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, jumladan, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi.

K.Imnadze O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий