BMT Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 

2023-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning ixtisoslashgan institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

A.Muhammad keyingi yillarda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi muloqot sezilarli darajada kengayib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

2023-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamlik forumi, Jahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi va boshqa anjumanlarni o ‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi joriy vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. BMT vakillariga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afgʻoniston hukumati bilan tomonlarning majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini shakllantirish tashabbusining dolzarblagi haqida maʼlumot berildi.

Afg‘oniston muammosini hal etish, afg‘on xalqiga, xususan, Termizdagi xalqaro logistika xabi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish orqali insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий