BMT Bosh kotibi Toshkent viloyatida joylashgan “RiverSide” quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurdi

 

2024-yilning 1-iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Toshkent viloyatida joylashgan “RiverSide” quyosh fotoelektr stansiyasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonda “yashil” energetika sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar bilan tanishdi. Bosh kotib O‘zbekiston Hukumatining fuqarolarga arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiyadan foydalanish imkonini berishni nazarda tutuvchi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari 7-bandini hayotga tatbiq etish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий