BMT bosh kotibi Dilbuloq mahallasiga tashrif buyurdi

 

2024-yilning 1-iyul kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga tashrif buyurdi. Mehmonga O‘zbekistonda mahalla instituti tizimi haqida batafsil ma'lumot berildi. Bu yerda yaratilgan sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ish bilan ta'minlash, yoshlarni ta'limga yo‘naltirish, yakka tartibdagi tadbirkorlik shoxobchalari faoliyati bilan tanishildi. Antoniu Guterrish mahalla faollari bilan ham samimiy suhbatlashdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий