Birinchi O‘zbekiston-Daniya siyosiy maslahatlashuvlari haqida
2024-yil 12-noyabr kuni onlayn formatida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining tegishli boshqarma rahbarlari ishtirokida birinchi O‘zbekiston-Daniya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Oʻzbekiston-Daniya oʻrtasidagi koʻp qirrali, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy, gumanitar va transport-logistika sohalaridagi munosabatlarni faollashtirish va kengaytirish, shuningdek, xalqaro platformalardagi oʻzaro hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Turli darajadagi tashriflar almashinuvini birgalikda rivojlantirish, tomonlarning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslarini shakllantirish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini 2025-yilda Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.